Bugungi globallashuv va shiddatli axborot almashinuvi davrida yoshlarning mustaqil fikrlashi, turli axborotlarni tahlil qila olishi, milliy o‘zligini anglashi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun ularda mustahkam ma’naviy qarash, sog‘lom dunyoqarash va hayotiy pozitsiyani shakllantirish zarur.
Shu maqsadda Sariosiyo tumanida davom etayotgan «O‘zbekiston — o‘z-o‘zimizniki!» shiori ostidagi «Ma’rifat haftaligi» doirasida «Uyg‘oq idrok» loyihasi asosida davra suhbati tashkil etildi.
Unda yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy immunitetni mustahkamlash hamda bugungi axborot makonida mustaqil fikrlashning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar va samimiy muloqot tarzida o‘tdi.

