Har rangingda mujassam Vatan

Date:

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa öz oldidagi ma’naviy mas’uliyatidir. Ba’zan birgina bayroq butun bir xalq haqida sözlab berişi mumkin. Uning hilpiraşi ortida millionlab insonlarning orzulari, ajdodlar merosi, bugungi mehnati va kelajakka işonçi mujassam. Şu bois davlat bayroğiga munosabatni faqat bayram kunlaridagi tantanalar yoki rasmiy tadbirlar bilan ölçab bölmaydi. Unga bölgan haqiqiy hurmat insonning kundalik hayotida, Vatan ravnaqi yölida qilayotgan işlarida namoyon böladi.
1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği mustaqil davlatimizning tarixiy tanlovini ifodalagan muhim ramzdir. Öşa kundan boşlab bayroğimiz xalqaro maydonlarda yurtimiz nomidan sözlay boşladi. Bugun u sport musobaqalarida, xalqaro uçraşuvlarda, ilm-fan va madaniyat maydonlarida Özbekistonning borligini namoyon etmoqda.
Ammo bir savol ustida jiddiy öylab körişimiz kerak: biz bayroğimiz bilan faxrlanişga qançalik haqlimiz? Bu savolga javob faqat çiroyli sözlarda emas, balki amaliy faoliyatimizda namoyon böladi. Öz işiga mas’uliyat bilan yondaşgan öqituvçi, halol mehnat qilgan mutaxassis, bilim olişga intilgan öquvçi, jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşgan har bir inson aslida yurt bayroği şa’nini yuksaltiradi.
Ayniqsa, ta’lim muassasalarida davlat ramzlariga hurmatni şakllantiriş masalasi alohida e’tiborga loyiq. Yoşlar bayroqning tarixini biliş bilan çeklanib qolmasligi, uning ifodalagan qadriyatlarini öz hayotiy tamoyillariga aylantirişi zarur. Zero, Vatanga muhabbat balandparvoz şiorlarda emas, bilim, intizom, halollik va fidoyilikda namoyon böladi.
Şuni unutmaslik kerakki, bugungi yoşlarning yutuqlari ertangi kun bayroğining yanada baland kötarilişiga xizmat qiladi. Har bir ilmiy kaşfiyot, erişilgan natija va bunyodkorlik işi mamlakatimiz nufuzini oşiradigan muhim omildir. Bayroq oldidagi mas’uliyat faqat uni e’zozlaş bilan emas, balki uning nomiga munosib işlar qiliş bilan belgilanadi. Zero, dunyo bizni nafaqat ramzlarimiz, balki şu ramzlar ostida amalga oşirayotgan işlarimiz orqali ham taniydi. Demak, har bir fuqaroning vijdonli mehnati Vatan şa’niga qöşilgan munosib hissadir.
Bugun bayroğimizga qarar ekanmiz, unda nafaqat keçagi tariximizni, balki ertangi kunimiz oldidagi mas’uliyatimizni ham körişimiz lozim. Çunki bayroqning qadrini uning balandda hilpiraşi emas, şu bayroq ostida yaşayotgan insonlarning ezgu işlari ham belgilaydi.
18-noyabr — şunçaki taqvimdagi sana emas. Bu kun har birimizga bir haqiqatni eslatadi: Vatan şa’ni uçun xizmat qiliş katta minbarlardan boşlanmaydi. U insonning öz vazifasini vijdonan bajarişidan boşlanadi.
Bayroğimiz baland bölsin desak, avvalo, unga munosib avlod, munosib jamiyat va munosib kelajakni barpo etişimiz kerak.

Rohatoy Raimqulova,
Termiz şahridagi 26-maktab öquvçisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun