Uzum qandil pişibdi

Date:

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham yetkazişni lozim topdim.
Voqea köp yillar oldin, sobiq ittifoq davrida yuz bergan. Öşa paytdagi tartiblarga köra, davlat muassasalarida, jumladan, maktablarda işlaydigan xodimlarning asosiy işidan taşqari tijorat bilan şuğullanişiga yöl qöyilmasdi. Bunday holat jiddiy oqibatlarga, hatto egallab turgan lavozimidan ozod etilişiga sabab bölişi mumkin edi. Kunlarning birida maktab direktori Abdusalom aka uyda ötirib zerikdi. Bozorga borib kelişga çoğlangan paytda köçadan kimdir çaqirdi.
— Uydamisiz?
— Uyda bölmay yana qayerda bölişim mumkin?
— Yozgi ta’tilda uyda yolğiz ötiriş ham zerikarli-da. Yangam qayerda?
— Yangang dalada işlayapti.
— Ha, unday bölsa yaxşi. Özingiz ham yangi kiyimlarni kiyib, qayerga otlandingiz?
— Bozorga bormoqçi edim. Xohlasang, sen ham hamrohlik qil.
Çaqirgan odam Abdusalom akaning dösti Umar — maktabdagi tarbiyaviy işlar böyiça direktor örinbosari edi.
— Mayli, sizga hamroh böla qolay. Uyda mol-holning suvi, yem-xaşagini berib qöyganman. Töğrisini aytsam, men ham bekorçiman. Aylanib kelamiz, — dedi Umar.
Şunday qilib, ikki döst bozorga ravona bölişdi.
Ular şunçaki bekorçilikdan bozorga çiqişgan bölsa-da, kutilmagan taklif va sarguzaşt ularni kutib turgan edi.
Bozorni aylanib yurib, qöşnisi Otabek akaning uzum sotayotganiga közi tuşdi.
— Otabek aka, uzumlaringiz qança böldi?
— Beş sömdan.
— Nima, beş söm? Nimaga bunçalik arzon?
— Hoy, uka, arzon deb uzumni pastga urmang-da. Özimizda beş söm, lekin Moskvada yigirma beş söm emiş.
— Rostdanmi?
— Albatta.
— Unda nega özingiz yigirma beş sömdan Moskvaga olib borib sotmaysiz?
— Sotişga-ku sotardim, ammo rus tilini bilmayman-da, — dedi Otabek aka kulimsirab.
Şunda Abdusalom aka gapga qöşildi:
— Siz bormasangiz ham mayli. Ikkalamiz ham rus tilini bilamiz. Savdo-sotiqni ham eplaymiz.
Otabek aka bu taklifni ma’qulladi.
— Unday bölsa, uzumni özim terib, tayyorlab beraman. Pulini esa qaytib kelganingizdan keyin berarsizlar.
Şu tariqa uçovlon kelişib olişdi. Otabek aka uzumlarni bir haftada tayyorlaydigan, Abdusalom bilan Umar esa yettinçi kuni yölga çiqadigan bölişdi.
Belgilangan vaqtda uzumlar terilib, vagonlarga joylandi. Hamqişloqlari ikki döstga oq yöl tilab, kuzatib qöyişdi.
— Eson-omon borib, pullarimizni tezroq undirib, qaytinglar, ilohim, — dedi Otabek aka hazillaşib.
Şunday qilib, salkam yarim vagon uzum ortilgan poyezd Moskvaga yöl oldi.
Manzilga yetib kelişgaç, yuklarni maşinalarga ortib, bozorga olib borişdi. U yerda uzumga talab şu qadar yuqori ediki, ikki döst hayratdan yoqa uşladi. Otabek aka aytganidek, yigirma beş sömdan ham emas, öttiz sömdan sotişayotgan edi.
— Döstim, savdoga köz tegmasin-u, rosa qizib ketdi-ku! — dedi Abdusalom aka.
— Nimasini aytasiz, — deya javob berdi Umar.
Ikkalasi ham mamnun holda bir-biriga qarab kulişdi.
Abdusalom akaning bir odati bor edi: notaniş odamlar bilan ham tez til topişar, ötgan-ketgan bilan salomlaşib, gapga kirişib ketardi. Bu gal ham xaridorlar bilan suhbatlaşar ekan, qayerdan kelganini, qaysi şaharda yaşaşini aytib ötardi.
— Biz Özbekistondanmiz, Surxondaryodan, Termiz şahridan. Afğonistonga qöşni, örtamizda bir çegara bor, — derdi u.
Gap orasida esa özining maktab direktori, yonidagi dösti Umarning direktor örinbosari ekanini ham qöşib qöyardi.
Aslida, bu gaplarni har kimga aytaverişning öziyoq ehtiyotsizlik edi. Axir ular davlat maktabida rahbar bölib işlaşar, ayni paytda esa tijorat bilan şuğullanayotgan edilar.
Bozorda ikki döstning yonida eski-tuski kiyim kiygan, soç-soqoli ösgan, közoynak taqqan bir boboy ham ötirardi. U negadir ularni diqqat bilan kuzatar, suhbatlarini indamay tinglardi. Abdusalom aka u bilan ham gap boşlaşga urindi, biroq boboy miq etmay, öz işida davom etdi.
Ikki döst esa uning kimligi bilan qiziqişmadi. Savdo tobora avjiga çiqib, uzumlar qölma-qöl bölib sotilardi.
Keçga yaqin tamaddi qilib olişgaç, uyga qönğiroq qilişga qaror qilişdi. Qöşnisining uyidan Otabek akaga telefon qilişdi.
— Allo, Otabek aka, yaxşimisiz? Uydagilar, oşna-oğaynilar, qarindoş-uruğlar tinçmi?
— Hammasi yaxşi, hamsoya. Lekin sizlarning işlaringiz sal çatoqroq-da.
— Bu nima deganingiz? Qanaqa çatoqlik?
— Sizlarni gazetga çiqarişibdi.
— Qanaqa gazetga?
— Moskvadagi gazetaga. Birinçi betiga çiqarişibdi.
Abdusalom akaning kayfiyati tuşdi.
— Bunisi çakki bölibdi-da, — dedi u xörsinib.
Şundan keyin ikki döst vaziyatni anglab, işni çözmaslikka qaror qilişdi. Qolgan uzumlarni sotib, savdoni yiğiştirişdi-da, ortga qaytişga taraddud körişdi.
Oradan beş-olti kun ötib, uylariga yetib kelişdi. Biroq köp ötmay, ikkalasini ham rahbariyat çaqirtirdi. Moskvadagi savdo-sotiq va bu haqda gazetaning birinçi sahifasida çiqqan xabar ularga qimmatga tuşdi: har ikkisi ham egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Oradan ön-ön beş yil ötdi. Kunlarning birida Abdusalom bilan Umar töyda uçraşib qolişdi. Bir dasturxon atrofida ötirişganida, közlari likopçadagi uzumga tuşdi. Ikkalasi ham bir muddat uzumga tikilib qoldi.
Şu payt qöşnisi Otabek aka kelib:
— Uzumdan olinglar, uzum qandil pişibdi, — dedi-da, kulib qöydi.
Ikki döst bir-biriga qaradi.
— Qani, özlaringizdan bölsin.
— Yöq, sizdan bölsin. Sizning tajribangiz bor. Axir, sözga çeçansiz, savdo xodimisiz!
Şu gapdan keyin uçovlon rosa kulişdi. Bir paytlar özlariga qimmatga tuşgan uzum savdosi endi dasturxon atrofidagi hazilga aylangandi.
Abdusalom va Umar keyinçalik yana ta’lim sohasidagi faoliyatlarini davom ettirişdi. Hozir esa, ehtimol, nafaqada bölsalar kerak.
Aytgança, Moskvadagi bozorda ikki döstni zimdan kuzatib ötirgan, eski-tuski kiyimdagi boboy kim edi, deb öylayotgandirsiz? U aslida gazeta muxbiri bölgan ekan. Ikki döstning öz kasbi va lavozimini yaşirmay, tijorat bilan şuğullanayotganini eşitib, bu voqeaga qiziqib qolgan va ular haqida gazetaning birinçi sahifasida xabar e’lon qilgan ekan.
Ha, nima ham derdik, ötgan işga salavot. Ammo öşa voqea bölmaganida, biz ham Abdusalom va Umarning bu sarguzaştidan bexabar qolardik.

Akmal RAHMATULLAYEV,
Angor tuman “Kelajak” markazi Qöşimça ta’limga jalb etiş bölimi boş mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun