Taşabbus natija bilan qadrlanadi

Date:

Bugungi kunda iqlim özgarişi, suv resurslari taqçilligi va ekologik muammolar yaşil hududlarni kengaytiriş, tabiiy boyliklardan oqilona foydalaniş hamda aholi uçun soğlom muhit yaratiş masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda daraxt ekiş bilan birga, mavjud yaşil maydonlarni asraş va ekilgan nihollarning yaşab ketişini ta’minlaş ham muhimdir.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentyabrdagi “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytiriş va hududlarning yaşillik darajasini tubdan oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–206-son Farmoni bu boradagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Hujjatda mahallalarning ekologik taşabbuslardagi iştirokini kuçaytiriş, hududlar yaşilligini oşiriş va aholining tabiatni asraş borasidagi mas’uliyatini yuksaltirişga alohida e’tibor qaratilgan.
Farmonda nazarda tutilgan “3–30–300” tamoyili ham ana şu maqsadga xizmat qiladi. Unga köra, har bir inson yaşaş joyidan kamida uçta daraxtni köra olişi, hududdagi daraxtlar soyasi bilan qoplaniş darajasi 30 foizga yetişi hamda 300 metr masofada yaşil hudud mavjud bölişi közda tutiladi. Bu yondaşuv yaşillikni şunçaki köçatlar soni bilan emas, balki uning insonlar kundalik hayotidagi örni va qulay ekologik muhit yaratiş imkoniyati bilan baholaş zarurligini anglatadi.
Ayni paytda Oltinsoy tumanida ham Farmon mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş, ekologik madaniyatni yuksaltiriş, köçat ekiş va ularni parvarişlaş masalalariga bağişlangan seminar hamda uçraşuvlar ötkazilmoqda. Bunda tumanning tabiiy-iqlim şaroitiga mos, qurğoqçilikka çidamli daraxt va buta turlarini tanlaş, suvni tejaydigan suğoriş usullaridan foydalaniş, mavjud daraxtlarni asraş kabi masalalarga e’tibor qaratilmoqda.
Zero, köçat ekiş — işning boşlanişi, uning haqiqiy samarasi esa niholning ildiz otib, voyaga yetişi bilan belgilanadi. Şu bois ekilgan daraxtlarni muntazam suğoriş, parvarişlaş, zarur hollarda qurigan nihollar örnini yangilaş va ularning holatini nazorat qiliş har bir mas’ul taşkilot hamda mahalla oldidagi muhim vazifadir.
Özbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengaşi faollari sifatida biz ham ekologik taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, aholining tabiatga mas’uliyatli munosabatini şakllantiriş va mahallalarda yaşil hududlarni kengaytiriş borasidagi tarğibot işlarini davom ettiramiz. Çunki ekologik barqarorlik faqat davlat taşkilotlari sa’y-harakati bilan emas, balki har bir fuqaroning kundalik mas’uliyati va amaliy iştiroki bilan ta’minlanadi.
Bugun ekilgan niholning ertaga daraxtga aylanişi, avvalo, unga körsatilgan e’tiborga boğliq. Şunday ekan, yaşil hududlarni köpaytiriş bilan birga, ularni asraş va kelajak avlodga soğlom tabiiy muhit qoldirişni ustuvor vazifa
deb bilişimiz kerak.

Barno Eşanqulova,
Özbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengaşi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun