TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Date:

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.

Xususan, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Buyuk Britaniyaning Quacquarelli Symonds kompaniyasi tomonidan yuritiladigan xalqaro QS Stars baholash tizimida 4 yulduzga sazovor bo‘lib, «Rated Very Good» («Juda yaxshi») maqomini qo‘lga kiritdi.

Baholash jarayonida universitet faoliyati 9 ta yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, muassasa samarali boshqaruv yo‘nalishida 5 yulduz, ta’lim sifati, infratuzilma, bitiruvchilarning ish bilan bandligi, atrof-muhitga ta’sir hamda xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik yo‘nalishlarida 4 yulduz bilan baholandi.

E’tiborlisi, 2022-yilda tashkil etilgan universitetning qisqa muddatda xalqaro miqyosda e’tirof etilishi ta’lim sifati, boshqaruv tizimi va zamonaviy ta’lim muhitini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar natijasidir.

Ushbu xalqaro e’tirof universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini kengaytirish, ta’lim xizmatlari sifatini yanada oshirish va xalqaro ta’lim maydonidagi mavqeini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun