Termiz tumanida 6,5 gektarlik mevali bog‘ barpo etilmoqda

Date:

Bugungi kunda ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va kelajak avlod uchun sog‘lom tabiiy muhit yaratish ustuvor vazifalardan biridir. Bu borada «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Termiz tumanida ham loyiha doirasidagi kuzgi ko‘chat ekish mavsumi keng ko‘lamda davom etmoqda. Shu munosabat bilan tumanda umumxalq hashari tashkil etildi.

Tuman hokimi Shuhrat Qalandarov rahbarligida Nurli diyor mahallasida ajratilgan 6,5 gektar maydonda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, ushbu hududda 3 500 tup hosildor o‘rik ko‘chati ekilib, maydon atrofi manzarali daraxtlar bilan obodonlashtirilmoqda. Natijada kelgusida bu yerda aholi uchun mo‘l hosil beradigan, fayzli mevali bog‘ shakllanadi.

Shuningdek, umumxalq hashari doirasida tumanning barcha mahallalarida ko‘ngillilar ishtirokida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun yerga qadalayotgan har bir nihol ertangi kunning yashil boyligi, musaffo havosi va fayzli manzarasiga xizmat qiladi. Zero, tabiatni asrash va obod hududlar yaratish nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatli burchimizdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun