Sportchilarimiz 49 ta medalni qo‘lga kiritdi

Date:

Surxondaryo viloyati sportchilari Prezident olimpiadasida 26 ta sport turi bo‘yicha jami 49 ta medalni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, shundan 20 tasi paralimpiya yo‘nalishida ishtirok etgan sportchilar hissasiga to‘g‘ri keldi. Termiz shahridagi Yoshlar markazida musobaqada yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi va sport boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi. Ularga munosib pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda sportchilarning mehnati va intilishlarini rag‘batlantirish, yoshlar orasida sportga qiziqishni oshirish hamda viloyatda sport yutuqlarini yanada ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.

49 ta medal, jumladan, paralimpiya yo‘nalishidagi 20 ta sovrin — Surxondaryoda sportning turli yo‘nalishlari rivojlanib, sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘z samarasini berayotganining yaqqol ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ta’lim 12 yillik böladi

17-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bir yillik maktabga...

Angorning iqtisodiy imkoniyatlari ishga solinmoqda

Hududlarda aholi turmush farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va yangi...

Issiqxona faoliyatini kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududdagi...

San’atga oshno qalblar xalqaro e’tirofda

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida «Золотое яблочко» ijod akademiyasi...
KunTun
KunTun