Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bandixon tumanidagi Tangimo‘sh podstansiyasida texnik nosozlik yuzaga kelib, Quduqsoy va Obikor mahallalarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatildi.
Tuman hokimligi mas’ullari hamda elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan nosozlik bartaraf etilib, har ikki mahallada elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Ayni paytda 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham elektr va issiqlik ta’minoti barqaror ishlamoqda. Holat tuman hokimligi tomonidan nazoratga olingan.

