O‘quvchilar davomati — raqamli nazorat ostida

Date:

Ta’lim sifatini oshirishda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bilan birga, o‘quvchilar davomati ustidan aniq va ishonchli nazoratni yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy raqamli texnologiyalar esa bu jarayonni yanada takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumanidagi navbatdagi manzili Obi hayot mahallasida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Bu yerda viloyat rahbariga sun’iy intellekt texnologiyalari bilan integratsiyalashgan, o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishi va darslardagi ishtirokini nazorat qilishga mo‘ljallangan Face ID tizimi taqdim etildi.

Taqdimot davomida o‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning maktabga kelishi va darslardan so‘ng qaytishini qayd etish, shuningdek, sinf xonalaridagi o‘quv jarayonlarini kuzatish imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish qilindi.

Viloyat hokimi tizim imkoniyatlarini yanada kengaytirish, samaradorligini oshirish va qo‘shimcha funksiyalar bilan takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. Shuningdek, ushbu tajribani viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etish, o‘quvchilar davomati ustidan samarali nazoratni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqiy kafolatdan amaliy himoyagacha

Konstitutsiyada belgilangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy...

Imkoniyatlar ishga solinadi

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror...

Qoraqirda yashil maydonlar qayta tiklanmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish...

Bandixonda elektr ta’minoti qayta tiklandi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bandixon tumanidagi Tangimo‘sh podstansiyasida texnik...
KunTun
KunTun