Bugungi agrotexnik talab — ertangi hosil garovi

Date:

Kelgusi hosilning mo‘l-ko‘l bo‘lishi, avvalo, bugun dalalarda bajarilayotgan agrotexnik tadbirlarning sifati va o‘z vaqtida tashkil etilishiga bog‘liq. Shu bois kuzgi dala ishlarida yerlarni ekishga puxta tayyorlash, texnika va mavjud resurslardan samarali foydalanish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Muzrabot tumanining A. Nabiyev hududida yerlarni sifatli shudgorlash, g‘alla ekish ishlarini yakunlash hamda qishloq xo‘jaligidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyat va tuman mas’ul tashkilotlari rahbarlari, hudud raislari hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, dalalardagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Viloyat hokimi yerlarni agrotexnik talablar asosida sifatli shudgorlash, g‘alla ekish ishlarini belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlash, mavjud texnika va resurslardan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida tuman hokimi, tegishli tashkilotlar rahbarlari va soha mas’ullariga har bir hududda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash, ishlar ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqiy kafolatdan amaliy himoyagacha

Konstitutsiyada belgilangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy...

Imkoniyatlar ishga solinadi

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror...

Qoraqirda yashil maydonlar qayta tiklanmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish...

Bandixonda elektr ta’minoti qayta tiklandi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bandixon tumanidagi Tangimo‘sh podstansiyasida texnik...
KunTun
KunTun