Sport nafaqat jismoniy chiniqish, balki mahorat, tezkorlik va qat’iyatni ham namoyon etish maydonidir. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasining Surxondaryo viloyat bosqichida talaba-yoshlar o‘zaro kuch sinashdi.
Termiz shahridagi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali sport zalida tashkil etilgan bellashuvda 6 ta oliy ta’lim muassasasidan 12 nafar talaba ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Farida Po‘latova, yigitlar bahsida esa Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabasi Samandar Tursunqulov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar musobaqaning keyingi bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.

