Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Surxondaryo viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda 76 ta korxona va tashkilot 129 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Denov shahridagi Kattalar poliklinikasida bo‘lib o‘tgan yarmarkada 112 nafar fuqaro ishga joylashish va kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari bilan tanishdi. Yakunda 4 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 25 nafari esa kasb-hunarga o‘qitishga jalb etildi.
Bunday tashabbuslar probatsiya nazoratidagi shaxslarning jamiyatga moslashishi, daromad manbaiga ega bo‘lishi va qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishga xizmat qiladi.

