Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlar” festivaliga tayyorgarlik ishlari joyida o‘rganildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom boshchiligidagi ishchi guruh festival maydonining obodonlashtirilishi, pavilyon va ko‘rgazma stendlarining tayyorligi, milliy taomlar hamda hunarmandchilik namunalari namoyishiga yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, hududning estetik ko‘rinishi, tungi yoritish va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklarga e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunida festivalni mazmunli va xavfsiz o‘tkazish uchun mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

