Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Date:

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot universitetini 51 yil avval tamomlagan bitiruvchilar ishtirokida «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.

Tadbirda faxriy bitiruvchilar, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdi. Filial direktori Furqat Otamurodov uchrashuvni ochib, tibbiyot sohasidagi boy tajribani yoshlarga yetkazish hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida faxriy bitiruvchilar talabalik yillari va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashib, yoshlarga chuqur bilim olish, izlanishdan to‘xtamaslik va inson salomatligi yo‘lida fidokorona xizmat qilish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Tadbir yakunida yubiley ishtirokchilariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, kasbiy tajribani yoshlarga yetkazish va tibbiyotda ustoz-shogird an’analarini davom ettirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...

114 ta murojaat joyida hal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy...

Polvonlarimiz boʻsh kelmadi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari...

Angorda yangi savdo do‘konlari ish boshladi

Angor tumanining Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida joylashgan «Angor karvonsaroy» savdo...
KunTun
KunTun