Boysun tumanidagi “Motamsaro ona” haykali maydonida 6-sonli umumta’lim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat sinfi” hamda tuman maktablarining “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirokida tantanali va’da berish marosimi o‘tkazildi.Tadbir tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik U. Avezberdiyev hamda “Vatan tayanchi” harakati bo‘limi boshlig‘i, iste’fodagi podpolkovnik B. Narziyev boshchiligida tashkil etildi. Marosimda Afg‘on urushi faxriylari va tuman Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi ham ishtirok etdi.
Tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlash, yoshlarni yurt tinchligi va osoyishtaligini asrashga tayyor, fidoyi insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

