Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.
3-oktyabr kuni boshlangan va yetti kun davom etgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan kelgan jamoalar kubok uchun bahs olib bordi.
Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Xorazm viloyati
🥈 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🥉 3-o‘rin — Buxoro viloyatiYigitlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Surxondaryo viloyati
🥈 2-o‘rin — Farg‘ona viloyati
🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Murosasiz va qiziqarli kechgan final bahslarida yosh gandbolchilar o‘z mahorati, tezkorligi va taktik tayyorgarligini namoyish etdilar. Yigitlar o‘rtasida Surxondaryo jamoasining birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani viloyat sporti uchun quvonarli natija bo‘ldi.

