Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Yangi bog‘cha bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, qobiliyatlarini rivojlantirishi va maktab ta’limiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun keng imkoniyat yaratadi.
Endilikda mahalladagi jajji o‘g‘il-qizlar ushbu maskanda ilk bilim va ko‘nikmalarni egallab, tengdoshlari bilan birgalikda rivojlanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi mahalla aholisi uchun quvonchli voqea bo‘lib, bolalar kamoloti yo‘lida yaratilayotgan sharoitlarning yana bir namunasidir.

