Denov tumanida «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» shiori ostida «Har bir qadam — salomatlik sari» mavzusida piyoda yurish marafoni tashkil etildi. Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i O. Karimova, ichki ishlar organlari xodimlari, mahalla nuroniylari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.
Marafondan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlarni giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan asrashdan iborat. Ishtirokchilar piyoda yurish orqali muntazam jismoniy faollikning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini namoyon etdilar.
Marafon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida o‘tkazildi. Bunday tadbirlar jamiyatda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish va yosh avlodni faol hayotga undashga xizmat qiladi.

