Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida qishloq xo‘jaligidagi ishlar bilan tanishib, mavsumning muhim vazifalarini belgiladi.
Muloqotda paxta hosilini yog‘ingarchilik kunlariga qoldirmasdan, qisqa muddatda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2027-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ularni sifatli tashkil etish vazifalari muhokama qilindi. Mavsum ishlarining barakali va samarali o‘tishi niyatida jonliq so‘yilib, duo qilindi.

