Sho‘rchi tumanida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar gender tenglikni ta’minlash borasidagi bilim va tajribasi, amalga oshirgan tashabbuslari hamda jamoatchilikdagi faolligini namoyish etdi.
Tanlov davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan ishlar ham e’tirof etildi. G‘oliblar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

