Muzrabotda paxta yig‘im-terimi mavsumini samarali yakunlash bilan birga, kelgusi hosil uchun zarur agrotexnik ishlarni o‘z vaqtida boshlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrifi chog‘ida “Yangiobod” hududidagi “Xaydarov Bobo” fermer xo‘jaligi dalasida terim jarayonlari bilan tanishdi. Terimchilar bilan suhbatlashib, ilg‘or ishchilarga esdalik sovg‘alari topshirdi.
Mas’ullarga paxta terimini qisqa muddatda yakunlash hamda 2027-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini belgilangan muddatlarda tugatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

