Qumqoʻrgʻon tumanidagi Hunarmandlar mahallasida fuqarolar murojaati asosida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
Avval xabar berganimizdek, tuman hokimi Farrux Xoliqov boshchiligidagi mutasaddilar mahalla aholisining qabulda bildirgan murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgangan edi.
Natijada yaroqsiz holga kelgan 20 dona yog‘och elektr ustuni yangi beton ustunlarga almashtirilmoqda.
Mazkur ishlar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va mahalla aholisi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

