Termiz tumanida voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish, bunday holatlarni barvaqt aniqlash hamda oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A. Avliyakulov, tuman IIB boshlig‘i S. Choriyev va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i I. Kenjayev ishtirok etdi.

Muloqotda bolaga nisbatan zo‘ravonlikni “oilaviy masala” deb chetda qoldirmaslik, uning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va xavfli holatlarni o‘z vaqtida aniqlash zarurligi ta’kidlandi.
Bolani himoya qilish — muammoni yashirish emas, uni vaqtida ko‘rish va zarur yordamni ko‘rsatishdir.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganib boriladi.

