Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni taqdim etishga ixtisoslashgan AI & Consulting Centre faoliyatini boshladi. Markazning ochilish marosimida tuman hokimi Farrux Xoliqov, tuman prokurori Mirzohid Hayitov, tuman IIB boshlig‘i Muxiddin Amanto‘rayev hamda soha vakillari ishtirok etdi.

AI & Consulting Centre’da fuqarolar, tadbirkorlar va yoshlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish, Telegram-botlar yaratish, elektron tizimlarni o‘rnatish, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashish, tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish, buxgalteriya va tarjima xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, markazda dasturlash va IT English kurslari, elektron auksion, ta’lim krediti, elektron ishonchnoma, tonirovka ruxsatnomasi hamda videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.

Markazning tashkil etilishi aholiga va tadbirkorlarga raqamli xizmatlardan bir joyning o‘zida qulay foydalanish, yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...
KunTun
KunTun