Termiz shahrida tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibiga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov ayrim tadbirkorlarning belgilangan talablarni chetlab o‘tayotganini ko‘rsatdi.Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi hamda Termiz shahar hokimligi hamkorligida shahardagi yo‘l chetlari, binolar va maxsus konstruksiyalarda joylashtirilgan 595 ta tashqi reklama vositasi xatlovdan o‘tkazildi. Natijada ularning 293 tasi tegishli pasportsiz, amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda joylashtirilgani aniqlandi. Ya’ni, tekshirilgan reklama vositalarining qariyb yarmi belgilangan tartibga javob bermagan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tadbirkorlarga tashqi reklama o‘rnatish talablari, pasport olish va elektron ariza topshirish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun hamda tegishli me’yoriy hujjatlar talablari eslatib o‘tildi.
Xatlov natijalari tashqi reklama sohasida qonun talablariga rioya etish masalasiga hali ham jiddiy e’tibor zarurligini ko‘rsatmoqda.
K.Chariyev,
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimi
O.Xudoyqulov,
Termiz shahar hokimining maslahatchisi

