Termiz tumanining “Gulbahor” mahallasida yosh tadbirkor Feruz Eshboyev “Ko‘mak” loyihasi orqali o‘quv markazini rivojlantirib, yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatini kengaytirdi.
PQ-60-sonli qaror asosida tadbirkorga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobidan “Ferazis” o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va kengaytirildi.
Bugungi kunda mahalla hamda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 100 nafarga yaqin yosh markazda xorijiy tillarni o‘rganmoqda.
Loyiha nafaqat yosh tadbirkorni qo‘llab-quvvatladi, balki mahalladagi yoshlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini ham kengaytirdi. Feruz Eshboyev esa “Ko‘mak” loyihasi taqdim etgan imkoniyat orqali yoshlarning bilim olish yo‘lidagi masofasini qisqartirishga erishmoqda.

