Eng faol kutubxonachi: g‘oliblar aniq

Date:

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida kutubxonachilarning kasbiy mahorati, bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazgan “Eng faol kutubxonachi” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Tanlov davomida ishtirokchilarning kasbiy salohiyati, ijodiy yondashuvi va amaliy mahorati hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — Sherobod tumanidagi 36-maktab kutubxonachisi Ruqiya Normamatova;

2-o‘rin — Boysun tumanidagi 35-maktab kutubxonachisi Ulug‘ Abdukarimova;

3-o‘rin — Oltinsoy tumanidagi 5-maktab kutubxonachisi Nilufar Jo‘rayeva.

G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlov kutubxonachilarning kasbiy mahoratini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib etish va maktab kutubxonalaridagi faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun