“Kelajak” markazlari: yangi o‘quv yili, yangi imkoniyatlar

Date:

Yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan “Kelajak” markazlarida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar qayta yo‘lga qo‘yildi.

15-sentyabr kuni markazlarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilib, ota-onalar va o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi. Sherobod tumanidagi tadbirda Surxondaryo viloyati “Kelajak” markazi direktori Feruzjon Qodirov to‘garaklar faoliyati, mashg‘ulotlar jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Ochiq muloqot davomida ota-onalar va to‘garak rahbarlari bilan bolalarni qo‘shimcha ta’limga keng jalb etish, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mashg‘ulotlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bu kabi uchrashuvlar “Kelajak” markazlarini bolalar o‘z qobiliyatini kashf etadigan, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallaydigan muhim ta’lim maskaniga aylantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun