Izlagan imkon topar

Date:

Qishloq ahli asosan dehqonchilik va chorvachilik orqasidan kun ko‘radi. Ro‘zg‘orini butlab, qozonini qaynatadi. Ortiqchasidan daromad ko‘radi, kam-ko‘stini to‘ldiradi. To‘rt muchasi sog‘ odam ishlayman deya, kuch-quvvati bo‘lsa-yu, sharoit bo‘lmasa, bundan yomoni yo‘q. Muzrabot tumanidagi “Xalq yo‘li” mahallasida suv tanqisligi sabab mahalla ahli ekin-tikin qila olmaydi. Bilganingizdek, oqar suvga bo‘lgan talab yuqori.
Tayinlangan hokim yordamchisi esa bu muammoga munosib yechim topish ustida bosh qotirib, axiyri ilojini topdi. Hokim yordamchisi Shuhrat Ravshanov tashabbusi bilan subsidiya asosida mahallaning “Muzrabot” ko‘chasida Dilshod Jo‘rayev tomonidan artizan qudug‘i qazish ishlari olib borilmoqda. Reja amalga oshib, qazish ishlari tugallansa, yaqin kunlarda 30 ta xonadon oqar suv bilan ta’minlanlanadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun