Mahorat darsi o‘tildi

Date:

Dunyoda eng birinchi surat 8 soat davomida olingan. Ha, suratga olish vaqt, tayyorgarlik talab etgan. Texnikaning kuchini qarangki, bugun bir soniyada qanchadan-qancha suratlar olib, lahzalarni manguga muhrlash mumkin. Faqatgina teran nigoh ila boshqalar e’tibor bermagan va ko‘ra olmagan jihatlarni ko‘ra olgangina mohirlar ichra mohir bo‘lishi mumkin.

Suratga olishning ham o‘z qiyinchiliklari bor. Iqtidor, mehnat, tajriba va nazariy bilimlar uyg‘unligida ko‘p narsalarga erishish mumkin. Boysun tumani hokimligi axborot xizmati hamda Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida “Yosh fotohavaskor” to‘garagi a’zolari ishtirokida tashkil etilgan mahorat darsida tasvirga olish hamda sifatli foto lavhalarni tayyorlash mavzusida qimmatli ma’lumotlar berildi.

Y.Xoliyorov, J.Xo‘janazarovlarning darsi to‘garak a’zolarining bilishi lozim bo‘lgan jihatlarni bilishiga, anglashiga turtki bo‘ldi. Har qanday bilim amaliyot bilan uyg‘unlashsa, yaxshi natija berishi isbotlanganidek, nazariy saboqlar amaliy jarayonlarga ulandi. Ko‘ngilli yosh fotograflar joylarga chiqib, suratga oldilar.
Fotoapparatlar, fotosuratlarning kelib chiqish tarixi, suratga olish jarayoni haqidagi ma’lumotlar, albatta, barcha uchun qiziqarli bo‘lishi aniq. Shu sababdan ham ayni ma’lumotlarni to‘garak a’zolari maroq bilan tingladi.

Mana shunday to‘garaklarning va mahorat darslarining tizimli tashkil etilgani o‘quvchi-yoshlarning vaqtini, qolaversa, ta’tilni maroqli o‘tkazishida, foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishiga sharoit yaratadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun