Hayitni yangi uyda kutib olishdi

Date:

Yurtimizda inson qadri va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar hayotda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar hayit ayyomida yanada keng quloch yoymoqda.

Termiz shahridagi “Temir yo‘lchi” mahallasida istiqomat qiluvchi Yalkapovlar oilasining uzoq yillardan buyon bitmay qolgan uyi davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida to‘liq ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, oilaga moddiy yordam ko‘rsatilib, oziq-ovqat xaridi uchun promokod taqdim etildi. Nogironligi bo‘lgan oila a’zosi esa elektron yuritmali aravacha bilan ta’minlandi.

Bugun ushbu xonadonda nafaqat Qurbon hayiti shukuhi, balki mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlikdan tug‘ilgan quvonch hukm surmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 mingdan ortiq vakansiya mavjud

Surxondaryoda ish izlayotgan fuqarolar uchun qurilish sohasi va yirik...

Ekologiya kuzatuvda

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat...

Jangovar shayligi mustahkamlandi

Surxondaryo viloyatida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan...

Yangi loyihalar muhokama qilindi

Surxondaryo viloyatining Rossiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini...
KunTun
KunTun