Tayyorgarlik kuchaytirilmoqda

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida boshqaruv organlari hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish davlat tizimi (FVDqT) hududiy quyi tizimi xizmatlari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkor va samarali bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘quv mashg‘ulotining birinchi kunida xizmatlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, tezkor boshqaruvni yo‘lga qo‘yish hamda kuch va vositalarni muvofiqlashtirilgan holda safarbar etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda tuman hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i F.Xoliqov hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh.Abduramatov rahbarligida xizmatlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish rejasi ko‘rib chiqilib, amaliy ijro yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va aholi xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun