Inson qadri ulug‘landi

Date:

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Bandixon tumanida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida saxovat va mehr-oqibat tadbirlari davom etmoqda.

Bandixon tumani hokimligi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan oilalar holidan xabar olinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Homiylar ko‘magida oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari va zarur vositalar topshirildi.

Bu kabi ezgu tashabbuslar jamiyatda inson qadri, mehr-oqibat va birdamlik muhitini mustahkamlab, faxriylar hamda ehtiyojmand insonlarga e’tibor har qachongidan muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun