G‘alaba fidoyilariga yuksak ehtirom

Date:

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xalqimizning inson qadri, tarixiy xotira va jasoratga bo‘lgan yuksak hurmatining yorqin ifodasidir.

Shu munosabat bilan bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 105 yoshli faxriy Shohimardon bobo Hamrayev holidan xabar olib, Prezidentimizning bayram tabrigi hamda esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.

Ayni kunlarda Termiz harbiy gospitalida davolanayotgan faxriyga davlatimiz rahbarining samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan ajratilgan pul mukofoti va sovg‘alar topshirildi.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi urush faxriysining salomatligi bilan yaqindan qiziqib, uning tezroq sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytishi uchun barcha zarur tibbiy muolajalar ko‘rilishini ta’kidladi. Mas’ullarga esa faxriyga doimiy e’tibor va zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bugungi tinch va osuda hayot, yurt ravnaqi hamda avlodlar kelajagi yo‘lida jon fido qilgan insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak ehtirom — xalqimizning ezgu qadriyatlari, vatanparvarlik va insonparvarlik tamoyillari amaldagi yorqin namunasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun