Surxonliklar chempion

Date:

Shohrux Xolov va Jamshid Abdurahmonov mohir gandbolchi. Ular Sariosiyo tuman 1-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘qib, o‘z mahoratlarini oshirishgan. Ular o‘yinga tushgan jamoani o‘ziniki qilib oladi va hamjihatlikda g‘alaba sari odimlashadi. Shak-shubha yo‘qki, muvaffaqiyatga erishishadi.

Sportning gandbol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida ham ayni shu holat takrorlandi. Sababi viloyat terma jamoasi Shohrux va Jamshid kabi yoshlardan tarkib topgan-da. Aytish kerakki, chempionatga Surxondaryo viloyati mezbonlik qildi.

Bu o‘yin eng, eng yaxshi o‘yinchilarni, iqtidorlilarni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga saralash o‘yinidir. G‘oliblik uchun maydonga tushgan o‘smir gandbolchilar bo‘sh kelishmadi. Iftihor bilan aytish mumkinki, viloyatimiz terma jamoasi o‘z ustunligini ko‘rsatib, Respublika chempionligini qo‘lga kiritdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun