OBODONLASHTIRISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Date:

Hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish, sug‘orish infratuzilmasini yaxshilash hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalari doimiy e’tiborda. Bu boradagi ishlar ijrosi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida o‘rganildi.

Viloyat rahbari tumanning S. Sattorov hududida g‘alla maydonlarini oziqlantirish, kuzgi shudgorlash, ariqlarni betonlash, sug‘orish tarmoqlarini tartibga keltirish hamda dala chetlariga ko‘chat ekish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov va mas’ullar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Bajarilayotgan ishlarning holati va sifati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

NURONIYLAR SABOG‘I — YOSHLAR UCHUN IBRAT

Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qism madaniyat uyida «Uch avlod uchrashuvi»...

172 TA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar...

ANGORDA BIOKO‘MIR TAYYORLANADI

Qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini oshirish va yer resurslaridan samarali...

OBODONLASHTIRISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil...
KunTun
KunTun