Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Date:

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 25-martdagi tegishli farmoni ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati Ta’lim va ilm-fan boshqarmasi tomonidan ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Unda boshqarma tizimidagi xodimlar ishtirok etib, jami 2 ming tup manzarali daraxt ko‘chati ekdi.

Tadbir doirasida ko‘chatlarni agrotexnik talablar asosida parvarishlash ishlari ham amalga oshirildi.

Bunday tashabbuslar nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki ta’lim sohasi vakillari va yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun