“To‘yga to‘yona”

Date:

Albatta, sportchalik hech bir soha davlatni dunyoga mashhur qila olmaydi. Sport — shon-shuhrat, sharaf keltiradi. Qolaversa, sport sog‘lik garovidir. Sportga oshno yosh borki, tani chiniqadi. Sog‘lom turmush-tarzini o‘ziga qoida qilib oladi. Buni yaxshi anglagan Sariosiyo tumani Sharg‘un shahar “Boysunobod” mahallasi fuqarolari kimnidir homiylik qilishini, tashkilotchilarning sport maydonchalari qurib berishini kutib o‘tirishmadi. Mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, hashar yo‘li futbol maydoni qurish ishlarini boshlab yuborishdi.

Yaxshi xabarlar daragini eshitgan viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi rahbari Abdumutalib Arabov barpo etilayotgan futbol maydonining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Sariosiyoga yo‘l oldi. Shaxsan o‘zi ham hashar ishlarida ishtirok etdi.

Hashar bahonasida bo‘lgan tashrif yoshlar bilan uchrashuvga ulanib ketdi. A. Arabov barchani sportga oshno bo‘lishga chorladi. “To‘yga to‘yona” deganlaridek, yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun sport anjomlari tuhfa qildi.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun