“Bo‘shrabot”da limon va mandarin yetishtirilmoqda

Date:

Boysun tumanining “Bo‘shrabot” mahallasida fermer Ravshan Madiyev tomonidan 10 sotix maydonda o‘ziga xos usulda issiqxona tashkil etilgan. Unda limon va mandarin daraxtlari parvarish qilinmoqda.

Issiqxona yer sathidan qariyb 2 metr chuqurlikda qurilgani sababli qishda issiqlikni saqlash, yozda esa salqin muhitni ta’minlash imkoniyati mavjud. Shuningdek, membranali sug‘orish tizimi suvni tejashga xizmat qilmoqda.

Ikki-uch yildan buyon faoliyat yuritayotgan issiqxona oilaviy daromad manbaiga aylangan. Joriy yilda 10 sotix maydondan 5 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan. Mahsulotlar mahalliy bozorlarga yetkazib beriladi, bir qismi esa qish mavsumida sotish uchun saqlanadi.

Bu tajriba mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, oilaviy daromadni oshirish va aholi bandligini ta’minlash borasida yaxshi namuna bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoy tumani — viloyat chempioni!

Surxondaryo viloyati futbol bo‘yicha 2-liga chempionatida Oltinsoy tumani terma...

Faoliyati kengaymoqda

Angor tumanining "Zartepa" mahallasida Mehriniso Mahammadiyeva tomonidan tashkil etilgan...

“Bo‘shrabot”da limon va mandarin yetishtirilmoqda

Boysun tumanining "Bo‘shrabot" mahallasida fermer Ravshan Madiyev tomonidan 10...

Boysunda 678 800 tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi

Hududlarda yashil hududlarni ko‘paytirish, ekologik muhitni yaxshilash va kelajak...
KunTun
KunTun