Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI hackathon yuqori saviyada o‘tkazildi. Ushbu tadbir zamonaviy bilim va innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim platformaga aylandi.
Musobaqada turli hududlardan kelgan 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashib, sun’iy intellekt yo‘nalishida o‘z loyihalarini taqdim etdi. Bu esa mamlakatda raqamli texnologiyalarga qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.
E’tiborlisi, Sariosiyo tumanidan F.Nazarov boshchiligidagi 5 nafar yosh ham faol ishtirok etib, yuqori saviyadagi tayyorgarligini namoyon qildi va yakunda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Mazkur hackathon nafaqat bellashuv, balki yoshlarni ilm-fan va texnologiyalar sari yetaklovchi, ularning iqtidorini yuzaga chiqaruvchi muhim maydon bo‘ldi. Zero, bugungi bilimli va tashabbuskor yoshlar — ertangi taraqqiyot poydevoridir.

