Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Date:

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar Qahramon va Jo‘yjangal mahallalarida tashkil etildi. Unda tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi, ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, kuch tuzilmalari vakillari hamda “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida fuqarolarga qonunchilik talablariga rioya qilish, shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarga tanqidiy yondashish zarurligi tushuntirildi. Shuningdek, jamoat tartibi va hudud osoyishtaligini ta’minlashda mahalla, oila va har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv tejasa, soliqdan ozod

2026-yildan qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish hamda baliqchilikda foydalaniladigan suv...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumani Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan xalqaro M41 avtomobil...

Imtiyozli kreditlar tadbirkorlik rivojiga xizmat qilmoqda

Uzun tumanida mahalla bankerlari ko‘magida aholini tadbirkorlikka jalb etish...

Bolalar onasi bag‘riga qaytarildi

Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasiga murojaat qilgan Denov...
KunTun
KunTun