Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-sinf o‘quvchilari uchun “Men va oilam” nomli Art-terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi hissiy zo‘riqishni bartaraf qilish, ruhiy holatini yaxshilash va darslarda faol ishtirokini ta’minlash edi.
Mashg‘ulot davomida yoshlar san’at orqali o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ldi, bu esa ularning kayfiyatini ko‘tarish va stressni kamaytirishga yordam berdi. Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bugungi kunda yoshlarning e’tiborini jalb qilish va ularni qiziqtirish oson emas, ammo turli metod va psixologik usullar orqali bu maqsadga erishish mumkin.
Bunday Art-terapiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, darslarda faol ishtirokini rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy jihatdan barqaror shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

