Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Date:

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari hududlarni obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanining barcha mahallalari hamda markaziy ko‘chalarida ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mahalla aholisi, faollar, yoshlar hamda mutasaddi tashkilot xodimlari birgalikda ko‘chalar va xonadonlar atroflarini tartibga keltirish, ariqlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish kabi ishlarda faol ishtirok etmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar natijasida mahallalar yanada obod va fayzli qiyofa kasb etib, aholi o‘rtasida hamjihatlik, mehr-oqibat va jamoaviylik muhiti mustahkamlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bugungi kunda yangi bino va inshootlar qurilishiga katta e’tibor...

Pulning “issig‘i” soviguncha…

Alibek (ism o‘zgartirilgan) bolaligidan erka o‘sdi — shunaqangi erkaki,...

“Kitoblarni qutqaring”

Surxondaryo viloyatining madaniy hayotida alohida o‘rin egallab kelayotgan qo‘g‘irchoq...

Sukutdagi hikmat, hayotdagi ibrat

Ravshan Xudayqulov nomi maorif tizimida alohida hurmat bilan tilga...
KunTun
KunTun