Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Date:

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan yoshlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yurt himoyasiga otlanayotgan yigitlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda viloyat hokimi, mas’ul tashkilotlar vakillari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik hamda yosh askarlarning ota-onalari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar yigitlik burchini ado etish uchun safarga otlanayotgan o‘g‘lonlarga sharafli xizmat, mustahkam iroda, yurtga sadoqat va ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Ta’kidlanganidek, Vatan himoyasi har bir yigitning muqaddas burchi sanaladi. Bunday tantanali kuzatish marosimlari esa yoshlarning qalbida yurtga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada kuchaytirib, ularni mard va jasur bo‘lishga undaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Darsdan tashqari dars

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar...

O‘zini oqlagan “Termiz tajribasi”

Бугун спорт соҳаси жамият тараққиётининг муҳим кўрсаткичи сифатида эътироф...

70-maktab o‘quvchilari g‘olib

Milliy gvardiya tomonidan tashkil etilgan “Yosh gvardiyachilar” musobaqasida Uzun...

Har detalda qadriyat…

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida xorijlik mehmonlar Boysun...
KunTun
KunTun