Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida joylarda turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu doirada Oltinsoy tumani Bolalar sport maktabida “Payshanba – Yoshlar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori R. Turdiyev, IIB boshlig‘i D. Qurbonov hamda mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

