Kelinchak

Date:

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi.

— Yashirib ye, qoning kam,  — dedi bir kun onasi unga yarim paket mayiz uzatayotib. Shunday qildi. Har kun ertalab bir siqim yeydi. So‘ng yana tortmaga soladi.

Bir kuni ertalab tortmadan paketni topolmadi. “Nega mening narsamga tegasizlar?!” deya o‘dag‘ayladi qizlarga. “Yana uyimga kirsanglar, qattiq xafa qilaman!”

Ishxonasida konspekt daftarini olayotib, sumkadagi mayizga ko‘zi tushdi. “Esim qursin! Kecha ishda yeyman deb solib qo‘ygandim-ku!”

Uyiga kelguncha, mayiz voqeasi unutilgandek edi. Ammo ochiq turgan tortmaga ko‘zi tushgach, yuragida nimadir chirt etib uzilgandek bo‘ldi. Mayiz to‘ldirilgan qop sig‘maganidan tortma yopilmay qolgandi. Chopqillab qarshilaydigan qizlar ham ko‘rinmasdi…

Yulduz HOJIYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun