Tabiatdan ilhomlanib…

Date:

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh nuri va atrofdagi go‘zal manzaralar bolalarga yaratishda yordam beradi, ularni kuzatish va tasvirlash orqali ijodiy qobiliyatini oshiradi.

Termiz shahar 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at sinfi o‘quvchilari o‘qituvchilari Sh. Ismoilov va K. Cherkazovlar rahbarligida ochiq havoda plener mashg‘ulotini tashkil etdi.

O‘quvchilar tabiat manzaralarini sinchkovlik bilan kuzatib, ularni ranglar orqali qog‘ozga muhrladi. Har bir rasm bolalarning beg‘ubor tasavvuri, sof tuyg‘ulari va ijodga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamli salohiyat oshiriladi

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi

Maktabgacha ta'limga yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar bolalarning ilk bilim va...

Har bir kun yangi bilim va yangi taassurot

Yozgi ta'til bolalar uchun nafaqat dam olish, balki yangi...

Zamonaviy infratuzilma yaratildi

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki hamda BMT...
KunTun
KunTun