Yana senga qaytamiz — Kitob

Date:

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasiga Zvezda Vostoko nomli xususiy nodavlat ta’lim tashkilotining 1-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi.

Kutubxona mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga bolalar adabiyotining turli yo‘nalishlari, ertaklar, she’riy to‘plamlar, qiziqarli hikoyalar hamda rang-barang ensiklopedik kitoblar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yosh mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni tomosha qilib, ularni varaqlash, mazmuni bilan tanishish jarayonida katta qiziqish va zavq bilan ishtirok etdilar.

Tashrif davomida bolalarda kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda kutubxonadan muntazam foydalanishga undash maqsadida kerakli tavsiyalar berildi.

O‘quvchilar kutubxona muhitidan mamnun bo‘lib, kelgusida yana tashrif buyurish istagini bildirdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamli salohiyat oshiriladi

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi

Maktabgacha ta'limga yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar bolalarning ilk bilim va...

Har bir kun yangi bilim va yangi taassurot

Yozgi ta'til bolalar uchun nafaqat dam olish, balki yangi...

Zamonaviy infratuzilma yaratildi

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki hamda BMT...
KunTun
KunTun