Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori!

Date:

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq va samimiy muloqoti Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlar masalasi ustuvor yo‘nalish ekanini yana bir bor namoyon etdi. Bugun yurtimizda 22 milliondan ortiq yoshlar katta kuch va ulkan salohiyat egasidir. Ularni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar – bu kelajakka qaratilgan eng muhim sarmoyadir. Ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishi, “Kelajak tadbirkori” dasturining ishga tushirilishi, biznes inkubatorlar tashkil etilishi, startap va innovatsion loyihalarga keng yo‘l ochilishi minglab yigit-qizlarning o‘z g‘oyasini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiladi. Shuningdek, volontyorlik, kitobxonlik, xorijiy tillarni o‘rganish, texnikum va oliy ta’lim tizimida amaliy imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Bu muloqot shuni ko‘rsatadiki, davlatimiz siyosatining markazida – yoshlar turibdi. Hech bir yigit-qiz e’tiborsiz qolmaydi.

Yoshlar – mamlakatimizning buguni va ertangi kunidir. Ularning muvaffaqiyati – Yangi O‘zbekiston muvaffaqiyatidir.

Jamshid Aliyev,

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi  bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim o‘yinga asoslansa…

Angor tumanida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan...

Harbiy xizmatdan hayot maktabigacha…

Muzrabot tumanida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarning bandligini...

Xushyorlik — davr talabi

Sherobod tumanida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash hamda...

Kuchli jamiyat — ochiq va mas’uliyatli Kengashlardan boshlanadi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil...
KunTun
KunTun