Orzusi ushaldi

Date:

Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan 66-maktabda bo‘lib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan uchrashganidan xabaringiz bor.

Suhbat chog‘ida iqtidorli o‘quvchi Feruza Jumagulovaning Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lish orzusi qo‘llab-quvvatlanib, 2027–2028 o‘quv yilidan boshlab grant asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan edi.

Mazkur xushxabar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida maktab jamoasi va oila a’zolariga yetkazildi. Feruzaga sertifikat topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.

Bu voqea yoshlarning bilim va intilishlari davlat e’tiborida ekanini, iqtidorli avlodni qo‘llab-quvvatlash Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak

Viloyat hokimi topshirig‘i ijrosi doirasida ehtiyojmand va kam ta’minlangan...

Tashabbusi ulkan madad

AQSH va Kanadadagi hamyurtlarimiz tashabbusi bilan Oʻzbekiston milliy terma...

Ijtimoiy himoya sifati oshiriladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tizimda...

TerDUda unutilmas uchrashuv

Termiz davlat universitetining Moliya yo‘nalishi bitiruvchilari oradan 28 yil...
KunTun
KunTun